Prezident administratsiyasi matbuot xizmati media markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Farmoyish bilan yangi markaz rahbariyati tarkibi tasdiqlandi:

  • Ahmedov Qobuljon Xoliqovich Markaz direktori etib tayinlandi. U bungacha MY5 telekanali bosh direktori, MTRKning “Yoshlar” ijodiy uyushmasi rahbari bo‘lgan.
  • Solihov Husan Ravshanovich direktor o‘rinbosari bo‘ldi. Bungacha u prezident matbuot xizmati mediamarkazini boshqargan.
  • Abdurahmonov Jahongir Muhammadali o‘g‘li ham direktor o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u prezident matbuot xizmati bosh maslahatchisi va UZREPORT telekanali bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.