“O‘zbekneftgaz” 2-sentyabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotish to‘liq to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Buning o‘rniga AI-92 markali yuqori oktanli avtobenzinni birja savdolariga qo‘yish hajmi oshirildi.
“Agar shu paytgacha 1000 tonna AI-92 benzini sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmni oshirish imkoniyati bor”, — deyiladi xabarda.
Tadbirkorlar tomonidan 2025-yil avgust oyida xarid qilingan AI-80 rusumli avtobenzin hajmi sentyabr oyida majburiyatlar va mavjud qoldiqlar doirasida o‘z egalariga yetkazib beriladi.