2 va 3-sentyabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati kunduzi 31-34o, kechasi va ertalab 13-18o issiq bo‘lgan kam bulutli va kam issiq ob-havo saqlanib turadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 2-3o ga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo 35-37o gacha isiydi. Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida bulutlilik ortishi kutilmoqda, ammo bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2 sentyabrda ayrim joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 2-3 sentyabrda 31-33o, 4-5 sentyabrda 35-37o bo‘ladi. Tunda harorat 16-18o dan 20-22o gacha ko‘tariladi.