1-sentyabrdan boshlab Toshkentda ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra:
№15 marshrut:
- Qo‘yliq-1 mavzesidan “Do‘stlik” metro bekati tomon harakatlanishda avtobus Qo‘yliq ko‘prigi ostidagi yo‘lni chetlab o‘tib, yo‘lning qo‘shimcha qismi orqali ko‘prik yo‘liga (“Vodiy” avtoturargohiga kirmasdan) harakatlanadi.
№28 marshrut:
- Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod massivi tomon harakatlanishda avtobus Shohimardon, Ohangaron yo‘li, Shohsanam va Katta Yangiobod ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi. Katta Yangiobod ko‘chasida harakatlanish bir yo‘nalishda amalga oshiriladi.
№61 marshrut:
- avtobus Beshariq, Aviasozlar va Xosiyat ko‘chalariga kirmasdan Izzat ko‘chasi bo‘ylab ikki yo‘nalishda harakatlanadi.
Qaror yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash va avtobus yo‘nalishlarini optimallashtirish maqsadida qabul qilindi.