3-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 30-38°, janubda 38° gacha, sharqda 35° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 31-33° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 22-27°, yog‘ingarchilik kutilmaydi.