O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yo‘llab, o‘zbekistonlikni “ruslarning quli” deb atagan rossiyalikni topish va qonun bo‘yicha javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Vazirlik O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’i nazar, davlat himoyasida ekanligini eslatib o‘tdi.

“Agar chet elda sizning huquqlaringiz, erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha’ningiz buzilsa, darhol ushbu mamlakatning vakolatli huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.

Shov-shuvli voqea Ximki shahrida sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar yo‘lovchi va taksi haydovchisi o‘rtasidagi mojaroni videoga olishdi. Erkak avtomobilni turar-joy binosi hovlisiga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘yib, katta hajmli transport o‘tishini kutgan. Unga yo‘lovchi yaqinlashib, haqorat qila boshladi.

U baqirib, o‘zbekistonlikni “ruslarning quli” deb atagan. Bunga javoban o‘zbekistonlik faqat sukut saqlab, keyinroq “Sen haqsan”, deb mashinaga o‘tirgan va voqea joyidan jo‘nab ketgan.