Qozog‘iston bilan chegaradagi “Dovud ota” nazorat-o‘tkazish punkti 2025-yil oxirigacha yopiq bo‘ladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtotransport vositalarining “Dovud ota” chegara bojxona postiga tutash bo‘lgan “Tajen” chegara o‘tkazish punkti orqali harakatlanishiga cheklovlar 2025-yil 1-fevraldan 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
Cheklov muddatini uzaytirish Qozog‘iston tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda. Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) — “Dovud ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatlanishi mumkin.
Jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yildi.