Italiyalik modelyer va tadbirkor Jorjo Armani 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Armani kompaniyasi bayonotiga tayanib, La Repubblica gazetasi yozmoqda.

Armani Group o‘zining yaratuvchisi, asoschisi va tolmas harakatlantiruvchi kuchi Jorjo Armanining vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qiladi, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, modelyer yaqinlari qurshovida vafot etgan. O‘lim sabablari ko‘rsatilmagan. Jorjo Armani 1934-yilda Shimoliy Italiyaning Pyachensa shahrida tug‘ilgan. U 1975-yilda do‘sti, me’mor Serjio Galeoti bilan birgalikda Armani kompaniyasiga asos solgan.