4-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Harorat kunduzi 32-38°, janubda 38° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 35-37° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda — 30° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi.