2025-yil avgust oyida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 1-1,7 darajaga yuqori bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
O‘zbekiston hududining katta qismida 2025-yil avgust oyi barcha kuzatuv yillaridagi eng issiq avgust oyi beshtaligiga kirdi. Eng issiq davrlarda havo harorati iqlimiy me’yordan 3-5 darajaga yuqori bo‘lgan. Biroq, haroratning ekstremal yuqori qiymatlari qayd etilmadi.
2025-yilning yoz mavsumi me’yordan 1,5-2 darajaga iliq bo‘ldi. O‘zbekiston hududining katta qismida u meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq yoz mavsumlari reytingida 3-6-o‘rinlarni egalladi.
O‘tgan yozning barcha uch oyi o‘rtacha hisobda odatdagidan iliqroq bo‘ldi, barcha viloyatlar bo‘yicha esa me’yorga nisbatan eng ilig‘i iyul oyi bo‘ldi.