Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi. Bu haqda A Bola nashri yozmoqda.
Portugaliyalik murabbiy taklif qilingan shartlar faoliyatining hozirgi bosqichida kutganlariga mos kelmaydi deb hisoblab, taklifni rad etgan.
Paulu Bentu 56 yoshda, faoliyati davomida “Sporting”, “Kruzeyro”, “Olimpiakos” va “Chuntsin Lifan” futbol klublarini boshqargan. Portugaliyalik mutaxassis Portugaliya (2010-2014), Janubiy Koreya (2018-2022) va BAA (2023-2025) terma jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.