Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Moskvaga kelsa, u bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. RBK nashri Rossiya Federatsiyasi rahbarining so‘zlarini keltiradi.

Donald Tramp, agar iloji bo‘lsa, mendan shunday uchrashuv o‘tkazishni so‘radi. Agar Zelenskiy Moskvaga kelishga tayyor bo‘lsa, bunday uchrashuv bo‘lib o‘tadi, — dedi Putin Xitoyga tashrifi yakunida.

Avgust oyida AFP agentligi Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Bu g‘oyani Rossiya prezidenti Alyaskada AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi. Ukraina prezidenti uchrashuvdan bosh tortdi.