Qozog‘istonning Turkiston viloyatida sakkizinchi sinf o‘quvchisini bir necha bor zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Otyrar telekanali xabar bermoqda.
2024-yil o‘rtalarida 35 yoshli sudlanuvchi Qozog‘istonga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. U Keles tumanidagi xonadonda ish bajarib yurgan vaqtida qo‘shni xonadonda yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan qizning nochor ahvolidan foydalanib, uning ixtiyoriga zid ravishda bir necha marta u bilan jinsiy aloqa qilgan.
Sud majlisida u aybini tan olmadi, prokuror unga umrbod qamoq jazosi berishni talab qildi. Sud fuqaroni Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 120-moddasi 4-qismi (nomusga tegish) bo‘yicha aybdor deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.