2025-yil avgust oyida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida piyoda bosib ketilib, vafot etgandi. Bu haqda Millar dasturida so‘z boradi.

Spark haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 21 yoshli yigitni urib yuborgan. Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.