5-sentyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda hokimlik xabar bermoqda.
Ma’muriyatga ko‘ra, mutaxassislar elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Shu sababli quyidagi joylarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- “Eski Jaloyir”, “Ziyolilar”, “Xontepa”, “Xonobodtepa” va “Ko‘hna Qumariq” mahallalari.