22-avgust kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qiziltepa qishlog‘idagi 7-sonli bolalar bog‘chasida ommaviy ovqatdan zaharlanish holati sodir bo‘ldi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 13 nafar tarbiyalanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Tergovga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi va boshqa tegishli idoralar jalb qilingan. Ular hodisa sabablarini aniqlab, bu kabi holatlarning oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda.
Tekshiruv natijalari va amalga oshirilgan harakatlar haqida qo‘shimcha xabar berishga va’da berishmoqda.