O‘zbekiston Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha global alyansga qo‘shildi va uning 46-a’zosi bo‘ldi. Bu haqda YUNISEF vakolatxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, majburiyat mamlakatning sezilarli yutuqlariga, jumladan, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishiga, shuningdek, har bir bolani samarali himoya qilishga qaratilgan tarmoqlararo strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishga asoslanadi.

YUNISEF va O‘zbekiston hukumati har bir bolaning xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda o‘sishi uchun birgalikda harakat qiladi.