Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Assotsiatsiya xabariga ko‘ra, o‘yin 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 13-oktyabr kuni Kuala-Lumpur (Malayziya) da bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoalar 2018 va 2019-yillarda o‘zaro o‘ynagan. Har ikki o‘yinda ham janubiy amerikaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Taxminiy sana 20-oktyabrdan 28-oktyabrgacha.

Avvalroq Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishdan bosh tortgani, unga taklif etilgan shartlar faoliyatining ushbu bosqichida kutgan natijalariga mos kelmasligini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.