Abituriyentlarning deyarli yarmi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal 189 ball bilan 56,7 balldan yuqori ball to‘play olmagan.
2025-yilda 614 768 nafar abituriyent test sinovidan o‘tgan. Shundan 253 844 nafari (41,29%) 56,7 ball to‘play olmagan. Ko‘rsatkich maksimal 189 ballning 30 foizini tashkil etadi. Eng yomon natijani Andijon viloyatidagi abituriyentlar ko‘rsatdi — 47,6 foiz.
Buxoro viloyati va Toshkent shahrida natijalar nisbatan yaxshiroq — 31,4 foizdan. 2023-yilda sakkizta, 2024-yilda esa to‘rtta hududda abituriyentlarning yarmidan ko‘pi minimal chegaradan o‘ta olmagan. 2025-yilda bunday salbiy ko‘rsatkichlar hali yo‘q.
Natijalarda eng katta yaxshilanish:
- Qoraqalpog‘iston — plyus 9%;
- Navoiy viloyati — plyus 8,9%;
- Sirdaryo viloyati — plyus 8,1%;
- Buxoro viloyati — plyus 7,8%;
- Qashqadaryo viloyati — plyus 6%.