Rossiya prezidenti RFning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi. Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.

Rossiya rahbari alohida hujjat bilan elchi Oleg Malginovni lavozimidan chetlatdi. Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Aleksey Yerxov tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar Aleksey Yerxov 2017-yildan buyon Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.