Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki borasida bir qarorga kelmadi. Bu haqda ESPN yozmoqda.
Biz u yerga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik, ammo men o‘yindan o‘yinga o‘tyapman. Men o‘zimga nisbatan rostgo‘y bo‘lishim kerak. Agar ishim yurishmay qolsa, u yerda bo‘lmasligimni istardim. To‘qqiz oy — bu ko‘p, — dedi Messi.
U yil oxirida mavsum yakunlangach, o‘zini qanday his qilayotganini tahlil qilishini ta’kidladi.
Bu men kutgan yoki yoqtirgan narsa emas, lekin vaqt o‘tmoqda. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Ba’zida o‘zimni yaxshi his qilaman, ba’zida esa unchalik yaxshi emas. Menda qabul qilingan qaror yo‘q. Men hayajondaman va ishtiyoqdaman, lekin qadam-baqadam boryapman, — dedi argentinalik.
Lionel Messi 38 yoshda, u Argentina milliy terma jamoasi tarkibida 2022-yilda Jahon chempionatini, Amerika kubogini (2021, 2024), Finalissimani (2022) va Olimpiya o‘yinlarini (2008) qo‘lga kiritgan. 2023-yildan beri argentinalik futbolchi Amerika “Inter Mayami” jamoasida o‘ynamoqda.