2025-yil avgust oyida 179 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oy davomida 27,5 mlrd so‘mlik 8,7 mln kub metr gaz va 58,9 mlrd so‘mlik 36,8 mln kVt/soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Umumiy zarar 86 mlrd 571 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 476 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Barcha qonunbuzarlarga nisbatan choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.