Sentyabr va oktyabr oylarida Toshkentning bir qator hududlarida besh kun davomida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ta’minotning to‘xtatilishi qish mavsumida tizimning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi sanalarda va manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
8–12-sentyabr
- M. Ulug‘bek, T. Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Sh. Burhonov, R. Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza ko‘chalari;
- Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6 dahalari, Bo‘z-2, Feruza mavzelari;
- Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin ko‘chalari va boshqalar;
- Chilonzor mavzesi 5-26, 30, 31, G9A, 20A, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al Xorazmiy-1,2, Beshqayrag‘och, Izza mavzelari, O‘rikzor bozori zonasi;
15–19-sentyabr
- Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbeka, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi;
- Tuzel 1-4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2 massivlari, Aviasozlar shaharchasi;
- A. Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sh. Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Sh. Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Cho‘ponota ko‘chalari va boshqalar;
- M-1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor 1-5,7,Y,I, Qushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi mavzelari;
22–26-sentyabr
- Mustaqillik shoh ko‘chasi, M.Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, K.Niyoziy, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, Osiyo, L.Tolstoy ko‘chalari va boshqalar;
- Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 mavzelari, ToshGRES shaharchasi, H. Olimjon maydoni;
- Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, I. Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob ko‘chalari, Chorsu maydoni va unga tutash mavzelar;
29-sentyabr – 3-oktyabr
- A. Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, A. Donish, Sh. Rashidov, Ya. G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li ko‘chalari va boshqalar;
- Beltepa, Ibn Sino-1,2, Jarariq, Beshqo‘rg‘on 1-4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod 1-19, M-1, 2, 4, 5, 6, 12, 15, 17, 18-mavzelari;
6–10-oktyabr
- Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, A. Fitrat, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari, Qo‘yliq 1-7 mavzelari;
- Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod ko‘chalari, Sergeli 1-8A, Yo‘ldosh 1-18, M-1,2,3 mavzelari;
- “Suvsoz” dahasi (Bektemir, Husayn Boyqaro ko‘chasi);
- “Quruvchi” dahasi (Sergeli).