O‘zbekistonda “Ekologik transport” tizimini joriy etish muddati kechiktirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida aytiladi.
Qarorga muvofiq, tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi. Toshkent shahrida tizimni to‘liq ishga tushirish 2027-yilga mo‘ljallangan. 2028-2030-yillarda u Nukusda, viloyatlar markazlarida va maxsus ekologik zonalarda, 2031-2034-yillarda esa butun O‘zbekistonda paydo bo‘lishi kerak.
Avtotransport vositalarining ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchining ekologik sinf (“Yevro”) to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mashinani diagnostika qilish IIV huzuridagi Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Chiqindilarning zararlilik darajasiga qarab, avtomobil yashil, sariq yoki qizil stiker oladi. Toshkentda avtomobil haydovchilariga stikerlar berish endi 2026-yil yanvar oyida boshlanishi kerak, poytaxtdagi barcha avtomobillarni 2027-yil o‘rniga 2028-yil boshigacha to‘liq baholash ko‘zda tutilgan.
Nukus shahri va viloyat markazlarida avtomobillarni ekologik baholash uchun 2031-yil yanvarigacha (ilgari — 2029-yilgacha) muddat ajratilmoqda. Boshqa joylarda oxirgi muddat 2035 yil boshida belgilanadi (ilgari — 2031 yil).