Faqat 8-sentyabr kuni Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida va 12-sentyabr juma kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq, janubda 35-38 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida 8-10 sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda 8-sentyabr kuni o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 8-sentyabrda ayrim joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi harorat asosan 18-20 daraja, kunduzi 30-32 daraja atrofida bo‘ladi.