O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,3 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil avgust oyida ular 48,7 milliard dollarni, hozirda esa 50 milliard dollarni tashkil etgan. Bu statistika yuritilgan davrdagi rekord ko‘rsatkichdir.
Oltinning fizik hajmi 11,8 million troya unsiyasini, qiymati esa 40 milliard dollarni tashkil etdi. Valyuta zaxiralari 8,4 mlrd dollarni tashkil etdi.