O‘zbekistonda bolalar bog‘chalaridagi o‘rinlar sonini 182 mingtaga oshirish rejalashtirilgan, shundan 82 mingtasi yangi muassasalarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda prezident sohani rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlatimiz rahbari yangi ish o‘rinlari nima hisobidan yaratilishini o‘ylamaydigan tuman hokimlarini tanqid qildi. Misol tariqasida prezident 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mirga muhtojligi, shu sababli ular bo‘sh turgani, 8 ta bog‘chaning qurilishi va ta’mirlanishi 2-3 yildan beri cho‘zilib ketayotganini aytdi.
Chimboy, G‘allaorol, Qiziriq va Boysunda bittadan bog‘ haligacha ta’mirlanmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Bo‘stonliq va Nurafshonda bittadan yangi bog‘ qurib bitkazilmagan.
Viloyat va tuman hokimlariga 1-noyabrga qadar 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, 8 ta bog‘chani to‘liq foydalanishga topshirish uchun muhlat berildi. Aks holda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.