Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi jinsiy aloqa evaziga direktor lavozimini taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Vazirlik holatga izoh berdi.
Tarqalgan audioda amaldor menejerlik sertifikatini olish va umumta’lim muassasasi direktori sifatida ishga joylashishda yordam berish evaziga u bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qilmoqda. Idora xodimi topilib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Vazirlik sohadagi har qanday korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshi. Shuningdek, u tizimning barcha xodimlari tomonidan kasbiy etika va xulq-atvor me’yorlariga qat’iy rioya etilishini qo‘llab-quvvatlaydi, — deyiladi xabarda.
Bunday noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘riladi.