8-sentyabr kuni Toshkent Olimpiya shaharchasi birinchi xalqaro turnir — CAFA Nations Cup turnirining final o‘yiniga mezbonlik qildi, unda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron terma jamoalari to‘qnash keldi.
Asosiy vaqtda hisob ochilmadi va hakam qo‘shimcha taymlar belgiladi. Uchrashuvning 120-daqiqasida Hojiakbar Alijonov boshi bilan raqib darvozasiga birinchi va yagona to‘pni yo‘llab, O‘zbekistonning CAFA Nations Cup–2025 musobaqasidagi g‘alabasini ta’minladi.
Oltin medal va kubokni shaxsan Shavkat Mirziyoyev futbolchilarga topshirdi. Taqdirlash marosimida FIFA prezidenti Janni Infantino va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.
CAFA — Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi bo‘lib, uning turniri har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu yilgi musobaqada O‘zbekiston va Eron terma jamoalaridan tashqari Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston va Ummon terma jamoalari ishtirok etdi.