O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Yagona imtihon tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bu tashabbus 8-sentyabr kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan. Ayni paytda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida uch xil imtihon topshirmoqda: maktabni bitirish imtihoni, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni va sertifikat olish uchun fanlar bo‘yicha imtihonlar.

Ushbu imtihonlarni bitta — Yagona davlat imtihoniga birlashtirish rejalashtirilmoqda, bu ortiqcha tartib-qoidalarni qisqartirishi va keraksiz byurokratiyaga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu o‘quvchilarning vaqtini tejashga va ota-onalarning moliyaviy yukini kamaytirishga yordam berishi kerak.