So‘nggi kunlarda Istanbulda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Turkiyadagi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.
Xavfsizlik chorasi sifatida Turkiya hukumati 11-sentyabrgacha oltita tumanda, jumladan, Beshiktosh tumanida (bosh konsulxona joylashgan) ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi. Shuningdek, xorijiy messenjerlardan foydalanishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
O‘zbekiston fuqarolariga odamlar gavjum joylarga, aksiya o‘tkaziladigan hududlarga bormaslik, shuningdek, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarga Bosh konsulxonaning quyidagi raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi: +90 (212) 909 08 04.