2028-yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar uchun hujjatlar yig‘ish boshlanadi. Bu haqda MMTV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab maslahatchilari tomonidan yangi ERP.PORTFOLIO platformasi orqali kiritiladi. Platformada 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar portfoliosi bazasi shakllantiriladi.

U maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi va 2028-2029 o‘quv yilidan boshlab guvohnomalarda aks ettiriladi. Shuningdek, maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq konseptual tizim joriy etiladi.

Bog‘cha, maktab, akademik litsey, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yagona tizim asosida tashkil etish bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktabni bitirish imtihoni, OTMga kirish imtihoni va Yagona davlat imtihoni (YDI) sertifikatlarini olish uchun fanlar bo‘yicha imtihonlarni birlashtirmoqchi.