10-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga vazir o‘rinbosarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u vazir maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Baxtiyor Yo‘ldoshev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi boshlig‘i bo‘ldi, avvalroq u “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori lavozimida ishlagan.