Toshkentda ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat olish uchun 900 ming dollar talab qilgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
DXX Call-markaziga fuqaro murojaat qilib, ikki erkak 900 ming dollarga ko‘p qavatli uy qurish uchun yer uchastkasini rasmiylashtirishda “yordam berishni” va’da qilganini aytdi. Ular hokimlikning yuqori lavozimli amaldorlari bilan yaqin aloqada ekanliklarini aytib, Sergeli tumanidagi bir gektar yerning vazifasini o‘zgartirib, barcha ruxsatnomalarni olishlariga ishontirishgan.
Poytaxtning Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyatchilar oldindan 220 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.