Toshkentning Sergeli tumanida sentyabr oyi oxirigacha ko‘chalardan birida harakat cheklanadi. Bu haqda Veolia Energy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan Qumariq ko‘chasida umumiy uzunligi 1 000 metr bo‘lgan 325 mm diametrli issiqlik tarmoqlari almashtiriladi. Ishlar pudratchi tashkilot tomonidan 10-30-sentyabr kunlari yo‘lning qatnov qismini yopish bilan amalga oshiriladi.
Ishlarni bajarish vaqtida yuk bo‘linmalari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, aeroport, avariya-qutqaruv xizmatlari xodimlari, shuningdek, yaqin atrofdagi uylar aholisining kirishi va o‘tishi ta’minlanadi.