2025-yil noyabr oyida 2025-2026-yillar isitish mavsumida kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash doirasida 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Organ ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagilar to‘lovni olishlari mumkin:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar;
- “Kam ta’minlangan oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar;
- “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalar.
Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi oilalar ustuvor tartibda kiritiladi:
- boquvchisini yo‘qotganlar;
- I yoki II guruh nogironligi bo‘lganlar;
- nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotganlar;
- isitish tizimi bo‘lmagan ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar;
- bir uyda uch va undan ortiq oila yashaydigan;
- og‘ir bemorni parvarish qiluvchilar;
- yolg‘iz keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Mazkur toifaga kiruvchi fuqarolar joriy yilning 25 sentyabriga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari lozim.