Sent Lyusiya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” yozmoqda.

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Ramballi Nyu-Yorkda tegishli kommyunikeni imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.