11-sentyabr kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in plastmassa quvurlar ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Signal 12:40 da kelib tushdi, 12:46 da o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelishdi. Yong‘in soat 13:08 da o‘rab olingan. Soat 13:15 da mutaxassislar yong‘inni o‘chirishgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri va Toshkent shahar FVB boshlig‘i yetib borgan. Qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.