11-sentyabr kuni Toshkentning Uchtepa va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan gaz ta’minoti o‘chiriladi. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Uchtepa tumani: Beshqayrag‘och kichik halqa yo‘li ko‘chasi;
  • Yangihayot tumani: “Olchazor” mahallasi.

Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.