O‘zbekistonda 1-iyundan buyon 60 mingdan ortiq haydovchi bo‘ldi 1-iyundan buyon 60 mingdan ortiq haydovchi bo‘ldi Bu haqda YHXX xabar bermoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, faqat uch oyda:

  • 5 ballgacha olganlar — 4 nafar haydovchi;
  • 4 ballgacha — 14 nafar haydovchi;
  • 3 ballgacha — 129 nafar haydovchi;
  • 2 ballgacha — 4976 nafar haydovchi;
  • 1 ballgacha — 63 974 nafar haydovchi;

9,325 milliondan ortiq haydovchiga jarima ballari umuman berilmagan. So‘nggi uch oyda qoidabuzarlik va yo‘l-transport hodisalari soni sezilarli darajada kamaydi.

Xususan, iyun-avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga (285 ming) nisbatan 58 foizga kamdir. Bundan tashqari, ushbu davrda haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari soni 2024-yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha — 36 foizga kamaydi.