2025-yil boshidan buyon Toshkent aeroportida 535 ta taqiqlangan buyumlar olib qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, olib qo‘yilgan buyumlar orasida:

  • sovuq qurollar (pichoqlar, xanjarlar, kastetlar);
  • o‘q-dorilar va ularning imitatsiyalari;
  • pirotexnika buyumlari (xlopushkalar, bengal chiroqlari);
  • qalampir va gaz ballonchalari;
  • dubinka va elektroshokerlar;
  • ikki maqsadga mo‘ljallangan kimyoviy moddalar va qurilmalar (o‘yinchoq to‘pponchalar, patron-breloklar, shuningdek dronlar).

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu buyumlarning aksariyati yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligiga potensial xavf tug‘diradi. Hatto esdalik o‘qlari va o‘yinchoq qurollar ham shubha uyg‘otishi va reysning kechikishiga yoki samolyot bortidagi hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.