Foto: Kun
Afghanistan International nashri manbalarga tayanib, O‘zbekiston 2021-yilda sobiq tuzum ag‘darilganidan keyin mamlakatdan olib chiqib ketilgan 57 ta harbiy vertolyotni Afg‘onistonga qaytarishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi.
The Kabul Times Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakili Zabihulla Mujohiddan iqtibos keltirib, ma’lumotni tasdiqladi.
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, texnikaning qaytarilishi “Afg‘onistonning aviatsiya salohiyatini tiklash va ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam” bo‘ladi.
O‘zbekiston TIVning o‘zi xabarlarni rad etib, bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda, tarqalayotgan yangiliklar esa feykdir, — deya ta’kidladi TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov.