O‘zbekiston va Rossiya ichki pasportlar bilan kirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovga tayanib Spot xabar berdi.
Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, yangilik o‘zbekistonliklarga ham, rossiyaliklarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda va zarur davlat ichki protseduralaridan o‘tmoqda.
Hozirda tomonlar ayrim jihatlar bo‘yicha kelishuv ishlarini olib bormoqda, shuning uchun amalga oshirishning aniq muddatlari haqida gapirishga hali erta, — deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV.
2023-yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro kirishni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Fuqarolar ID-kartalar bilan chegarani kesib o‘tishlari va qo‘shni davlat hududida 60 kungacha qolishlari mumkin bo‘ladi.