Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan haydovchi va YPX xodimi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. YHXX hodisaga izoh berdi.

Hodisa 12-sentyabr kuni soat 00:45 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 17 yoshli haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Spark haydovchisi davlat raqamisiz avtomobilni boshqargan. To‘qnashuv oqibatida YPX avtomobili ag‘darilib ketgan, Spark esa daraxtga urilib, yonib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voyaga yetmagan yigit ta’qibdan qochishga uringan.

Yigit harakat yo‘nalishini 3-qatordan 1-qatorga o‘zgartirib, Cho‘pon ota ko‘chasi tomon keskin o‘ngga burilgan va YPX xodimi boshqaruvidagi Lacetti xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Avtomobil haydovchilariga birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir jarohatlar yo‘q. Tergov boshlandi.