12-sentyabr kuni “Уральские авиалинии” aviakompaniyasining Toshkentdan uchgan samolyoti dvigatelga qush kirib ketgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Sharqiy Sibir transport prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Уральские авиалинии” aviakompaniyasining Irkutsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2719-sonli reysni amalga oshirayotgan A-319 havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagida yugurish paytida qush dvigatelga tegib ketgani sababli havo kemasi komandirining qarori bilan uchish aeroportiga qaytib keldi.
Samolyot bortida 91 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, samolyotga zarar yetmagan. Baykal-Angara transport prokuraturasi parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.