Yil boshidan buyon Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurish bo‘yicha bir necha ming fuqaroga chora ko‘rildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2025-yil boshidan buyon 6 182 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchining shahar yoki shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi bilan jazolanadi. BHMning 1/10 qismi miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.