Toshkentda erkak IES quvuriga chiqdi, lekin o‘zi tushishga qo‘rqdi. Uni FVV qutqaruvchilari tushirishgan.
Hodisa 13-sentyabr kuni soat 07:33 da Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy fuqaro issiqlik stansiyasi minorasiga chiqib, o‘zi tusha olmagan.
Hodisa haqidagi ma’lumot “112” tizimiga kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan FVV xodimlari yetib borib, maxsus texnika yordamida erkakni ehtiyotkorlik bilan pastga tushirib, xavfsiz joyga olib chiqishgan. Fuqaro jabrlanmagan.