Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda faqat rubl kursi oshgan, qolgan barcha valyutalar arzonlashgan. 16-sentyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:
- AQSH dollar — 12 344,61 so‘m;
- Yevro — 14 501,21 so‘m;
- Rubl — 146,70 so‘m.
Shuningdek, Markaziy bank 15 sentyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 502 600 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:
- 5 gramm — 7 513 000 so‘m;
- 10 gramm — 15 026 000 so‘m;
- 20 gramm — 30 052 000 so‘m;
- 50 gramm — 75 130 000 so‘m;
- 100 gramm — 150 260 000 so‘m.