O‘zbekiston Qozog‘iston janubi ustidagi baland siklon bilan bog‘liq salqin va nam havo massalari ta’sirida bo‘ladi.

Dushanba kunining birinchi yarmida Navoiy viloyati shimolida, kechga tomon va seshanba kuni kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 16-sentyabr kuni kechqurun 19-sentyabr kuni ertalab vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ish haftasi davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 16-sentyabrda ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta o‘rtasida +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. 19 sentyabrdan respublika hududidan salqin havo massalari chekina boshlaydi va harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat 15 sentyabr kuni kechqurun, 16 sentyabr kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shimoli-sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esishi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Dushanba kuni kunduzgi havo harorati +27…+29, 16-18 sentyabrda +20…+25, 19 sentyabrda +25…+27 darajagacha pasayadi.