Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda yagona imtihon tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy etiladi, ular asosida o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar yoki oliy ta’limga yo‘naltiriladi.

Bu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlar uchun maktablarda mutaxassislik fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Bitiruv imtihoni natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar texnikum yoki universitetga kirishlari mumkin bo‘ladi.